«imron xon» tegli maqolalar


Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 17:57

Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi
9 may 2023, 17:09

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi

Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni hibsga oldi. Uning partiyasi Xon tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi.

Pokiston sobiq bosh vaziri norozilik namoyishida yaralandi
4 noyabr 2022, 15:51

Pokiston sobiq bosh vaziri norozilik namoyishida yaralandi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilib Lahordan Islomobod tomon yo‘lga chiqqan norozilik avtokarvoniga boshchilik qilib ketayotganida oyog‘idan o‘q yedi.

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi
11 aprel 2022, 22:20

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi

Pokiston parlamenti Shahboz Sharifni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. U ishonchsizlik votumi e’lon qilinib, lavozimidan chetlatilgan Imron Xon o‘rnini egalladi.

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi
10 aprel 2022, 17:58

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan ozod etildi
4 aprel 2022, 11:06

Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan ozod etildi

Pokiston prezidenti Orif Alviy bosh vazir Imron Xon taklifiga binoan mamlakat parlamentini tarqatib yuborgandi. Shundan so‘ng, bosh vazirning o‘zi ham lavozimidan ozod qilindi. Imron Xon muvaqqat bosh vazir tayinlangunga qadar mazkur lavozimda qoladi. Mamlakatda parlament saylovlari 90 kundan so‘ng o‘tkazilishi kutilmoqda.

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi
4 mart 2022, 11:32

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi

Payshanba kuni Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani, ikki davlat vazirlari esa 10 ga yaqin hujjatni imzoladi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Imron Xonga Urducha-o‘zbekcha mushtarak so‘zlar lug‘atini sovg‘a qildi. «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘l mintaqalar qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborishini ta’kidlandi. Tashrifning birinchi kuni «Gazeta.uz» materialida.

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda
22 fevral 2022, 19:15

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyida Pokistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Pokiston bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razoq Dovudning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Qolaversa, martdan Lahordan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Pokiston bosh vaziri afg‘on muammosini hal qilishga Turkiyani jalb etish taklifini bildirdi
16 iyul 2021, 10:00

Pokiston bosh vaziri afg‘on muammosini hal qilishga Turkiyani jalb etish taklifini bildirdi

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda Turkiyani Afg‘oniston mojarosini hal etishga jalb qilish hamda Afg‘oniston qo‘shnilari sammitini o‘tkazish taklifini bildirdi.

O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi
16 iyul 2021, 02:25

O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmonlar va sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, qolaversa, 500 mln dollarlik kelishuvlar ham imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
14 aprel 2021, 21:05

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan videomuloqot orqali suhbatlashadi
9 aprel 2021, 12:29

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan videomuloqot orqali suhbatlashadi

Kelasi hafta Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilmoqda. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting